Xandalar
O'qituvchi:-Bolalar,bugun nazorat ishi yozib topshirasizlar!-Ustoz,kalkulyatordan foydalansak bo'ladimi?-Bo'ladi.-Transportirdan-chi?-Bemalol,demak,mavzuni yozamiz:"Mahmud Torobiy qo'zg'oloni..."
***
Bir g'alamis kishi ishxonasiga ko'zi ko'kargan holda keldi. Hamkasblari so'rashdi: -Ko'zing oqib qolay debdi-ku,nima bo'ldi? -Men so'nggi paytlarda uyqusizlik balosiga yo'liqqanimdan tunlari mijja qoqmay,zerikkanimdan uchdami-to'rtdami duch kelgan nomerga qo'ng'iroq qilib, "Topingchi,men kimman ? " deyishga odatlanib ketibman. -Xo'sh? -Kecha bittasi topdi...
***
-Allo,bu dispetcher xizmatimi? Yordam bering,liftda qamalib qoldim!-Tushunarli! Hozir lift ustasini jo'natamiz.Faqat siz hech qayerga ketib qolmang!
***
-Doktor,nimagadir menga ozish uchun siz tayinlagan olmali parhez yordam bermayapti.-Siz olmalarni yuvib iste'mol qilyapsizmi?-Ha-Yuvmasdan yeb ko'ring-chi!
***
Ko'p qavatli bino atrofiga tumonat odam to'plangan.Hamma tomdan o'zini tashlamoqchi bo'lgan kishini tomosha qilyapti.Nihoyat,kutaverib charchagan bir xotin unga qarab qichqiryapti: -Sakrasang sakramaysanmi,ablah? Seni deb ishga kech qolib ketyapman-ku!
***
Qiz: -Siz bo'shmisiz? -Uylanganman,ikkita farzandim bor. -Men u ma'noda emas,printer qog'oz chaynab yubordi,shuni olib berolmaysizmi?
***

BOSH SAHIFA

www.waplog.uzwaplog.tj